“Oʻzbeksirk” davlat muassasasiga tashrif

05 Dec, 2023 - 10:44
326
“Oʻzbeksirk” davlat muassasasiga tashrif

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tadjixanov hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Otabek Fozilkarimov hukumat rahbari topshirigʻi ijrosini ta'minlash maqsadida Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda “Oʻzbeksirk” davlat muassasasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mazkur muassasalarning moddiy texnik bazasi, binosining holati, ijodiy muhiti bilan yaqindan tanishdi.
Sirk sanʼatining bugungi holati, muammolari, ushbu sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, dual taʼlimini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbek sirk san’atining jamiyatdagi rolini oshirish, sirk dasturlari va spektakllarining badiiy saviyasi va qamrovini kengaytirish, sirk san’atida ustoz-shogird an’analarini davom ettirish borasida tavsiyalar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash