Toshkent shahridagi bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyati tahlil qilindi

04 Dec, 2023 - 14:34
310
Toshkent shahridagi bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyati tahlil qilindi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Toshkent shahridagi bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyati yuzasidan  tahliliy va tanqidiy ruhda yigʻilish  oʻtkazildi. Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tadjixanov vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan Toshkent shahridagi bolalar musiqa va san’at maktablarining  bugungi holati, mutaxassis-kadrlarni tayyorlash borasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, taʼlim sifati  toʻgʻrisidagi masalalarga tanqidiy toʻxtalib oʻtdi.

Aniqlangan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish, taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi. Jiddiy kamchilikka yoʻl qoʻygan mas’ullarga intizomiy jazo choralari ko‘rilishi belgilandi.

Bolalar musiqa va san'at maktablarida ta'lim sifatini oshirish borasida jiddiy yondoshuvni tashkil etish kerakligi taʼkidlab oʻtildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash