3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni

03 Dec, 2023 - 14:55
350
3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Biz bilan yelkadoshligingizdan minnatdormiz!

Inson qadrini ulugʻlash, eʼtiborga muhtoj insonlarga mehr- muruvvat koʻrsatish ishlari muntazam olib borilayotgan Yangi Oʻzbekistonda ayniqsa, nogironligi bor fuqarolarning jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi ekanliklarini his etishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. 

Bu esa imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz oʻzlarini  erkin fuqarolik jamiyatimizning toʻlaqonli aʼzosi sifatida vatan ravnaqi, rivojiga hissa qoʻshishlari uchun poydevor boʻlib xizmat qilayotir.

Eng muhimi, ular bilan doimiy muloqotda boʻlib,  turli tadbirlar, tanlovlarga jalb etilayotganligi, alohida iqtidori bor yoshlarning qoʻllab- quvvatlanayotganligi har birimizni insonparvarlik, bagʻrikenglik kabi ezgu fazilatlarga undaydi. 

Shunday ekan,  Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek,“oʻzingizni yolgʻiz his etmasligingiz, zarur bilim va kasb-hunarlarni egallab, barcha soha va tarmoqlarda faol ishtirok etishingiz, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishingiz, madaniy ehtiyojlaringizni taʼminlashingiz uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etish” ishlariga biz ham masʼulmiz.
Bugungi sana munosabati bilan barchangizga yana bir bor sogʻlik-omonlik, oilaviy xotirjamlik, orzu-intilishlaringiz roʻyobini tilaymiz! 

Jamiyat, davlat, qolaversa, soha rivoji uchun biz bilan yelkama-yelka mehnat qilayotganingizdan minnatdormiz!

Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash