Madaniyat tizimidagi ta’lim muassasalarini rivojlantirish yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda

03 Dec, 2023 - 11:36
526
Madaniyat tizimidagi ta’lim muassasalarini rivojlantirish yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov Mirobod tumanidagi 12-son bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab faoliyati, ijodiy muhit, ta’lim jarayoni bilan tanishdi. 

 

 

 

Maktab faoliyatida fortepiano, tasviriy san’at yoo‘nalishlari bilan bir qatorda Xor jamoalarining tashkil etilganligi hamda xoreografiya yo‘nalishi uchun raqs liboslarini maktabning o‘zida tashkil etilgan tikuvchilik ustaxonasida tayyorlanayotganligi e’tiborni tortdi.

Shuningdek, mazkur maktabda xalqimizning milliy o‘zligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan Baxshichilik san’ati yo’nalishini tashkil etilganligi alohida e’tirof etildi.

Yuqoridagi natijalar sababli o’quvchilar Toshkent shahrining turli hududlaridan aynan mazkur ta’lim muassasasiga qatnab, tahsil olishmoqda.

Tashrif davomida bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish, yangi iste’dodlarni kashf etish bo’yicha tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash