Yana bir uchrashuv...
02 Dec, 2023 - 10:48
283
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Xalqlarimizning tarixiy siymolari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan qo‘shma kino va seriallar suratga olish, tarixiy qo‘lyozmalarni birgalikda tadqiq etish va Pokistonda mavjud O‘zbekistonga aloqador tarixiy qo‘lyozmalarning faksimil nusxalarini olish bo‘yicha amaliy harakatlarni amalga oshirish kabi masalalar muhokamasi bilan boshlangan muloqotimiz Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmed Faruk bilan bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, muhokama davomida har ikki davlatda bo‘lib o‘tadigan xalqaro madaniy tadbirlarda ikki davlat vakillarining ishtirok etishini ta’minlash, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kinoloyihani amalga oshirish, milliy telekanallarda o‘zaro seriallar namoyishini amalga oshirish kabilar yuzasidan ham fikr-mulohaza almashdik.
Aytish kerakki, bu kabi uchrashuvlar e’tiqodi bir, qadriyatu, an’analari o‘xshash bo‘lgan ikki millat, ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, madaniyatlar almashinuvi va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov