Samarqandda teatr san’atiga bag’ishlangan konferensiya boshlandi
01 Dec, 2023 - 11:58
335
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Bugun Samarqand shahrida “Yangi O‘zbekiston teatr san’ati: dramaturgiya va rejissuraning dolzarb masalalari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlandi.
Ochilish marosimida Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti madaniyat va san’atni rivojlantirish sho’basi mudiri Nodirbek Sayfullayev ochib berdi hamda Madaniyat vaziri birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov so’zga chiqib, yurtimizda madaniyat va san’atga berilayotgan e’tibor haqida aytib o’tishdi.
Mazkur konferensiyada soha mutaxassislari, davlat teatrlarining direktorlari, rejissorlari va rassomlari ishtirok etadilar. Sohaning yosh ijodkorlari professional mutaxassislarning dramaturgiya, rejissura hamda ssenogafiyaning dolzarb masalalariga doir ma’ruzalarini tinglab, muhokamalarda ishtirok etadilar.
Konferensiya doirasida 7-10 sentabr kunlari Parkent ijod uyida o‘tkazilgan “Nigoh” ijodiy seminarida g‘olib deb topilgan ijodiy loyiha asosida sahnalashtirilgan ustoz va murabbiylar faoliyatiga bag‘ishlangan “Ustozim” spektaklining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.