Yoshlarga e’tibor-kelajakka e’tibor
29 Nov, 2023 - 14:59
432
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
“Mahalladan vazirlikkacha” loyihasi doirasida Madaniyat vaziriga jami 130 nafar yoshlar biriktirilgan.
Mazkur yoshlar bilan uchrashuvlar uyushtirilib, suhbat asosida muammolari va qiziqishlari o‘rganildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 80 nafardan ortiq yoshlarning turli muammolari yozib olinib, vazir va vazir o‘rinbosarlarining ish faoliyatidagi “Yo‘l xarita”lariga kiritildi va amaliy ishlar boshlandi.
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Axmedovga biriktirilgan, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi Turdiqulov Muhammadga drel va perfarator uskunasi, Toshkenboyeva Nilufarga tikuv mashinasi, “Xonqo‘rg‘on” MFYda istiqomat qiluvchi Tulyaganov Jaloliddinga motokultivator, “Chamanzor” MFYda istiqomat qiluvchi Payziyev Hikmatillaga drel uskunasi olib berildi.
Endilikda yoshlar o’zlari qiziqqan hunar bilan mehnat faoliyatini olib borishlari mumkin.