Ikki teatr o‘rtasida memorandum imzolandi va ijodiy hamkorlik yo‘lga qo'yildi
22 Nov, 2023 - 11:30
320
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri va Qozog‘istonning “Astana Opera” teatri o‘rtasida memorandum imzolandi.
Shuningdek, teatrlarning o‘zaro gastrol almashinuvi, dirijyorlar bilan trening va har ikki davlat opera yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv-seminarlar o‘tkazishni tashkil etish ham belgilandi.
O‘zbekiston xalq artisti, tenor ovoz sohibi Ramiz Usmonov rahbarligida dirijyor maestro Denis Vlasenko boshchiligidagi teatrning simfonik orkestri va yetakchi solistlari va balet jamoasi ishtirokida katta gala-konsert o‘tkazish ham rejalashtirildi.
Xususan, imzolangan memarondum Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri va “Astana Opera” teatrlarining ijodiy hamkorligida ikki qardosh xalqning madaniy va do‘stlik aloqalarini kuchaytirishga xizmat qiladi.