Sankt-Peterburgda xalqaro madaniy forum

18 Nov, 2023 - 10:24
338
Sankt-Peterburgda  xalqaro madaniy forum

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Insoniyatning kelgusi ma’naviy taraqqiyoti madaniyatlarning sofligi va aslligini saqlab qolish, dunyo madaniyatiga qanday ulush qo‘shamiz va o‘z navbatida, dunyo bizni qanday qabul qilishiga bevosita bog‘liq. Zero dunyodagi aksariyat keskinliklar avvalo, tushunarsiz, “yangi” madaniyatlarni singdirishga urinish, madaniyatlaro qarama-qarshilikdan kelib chiqmoqda. Dunyo bugun qanday rivojlanish yo‘lida bo‘lmasin, qadim sivilizatsiyalarga asos bo‘lgan madaniyatlarni saqlab qolishimiz kerak.

Sankt-Peterburgda o‘tgan xalqaro madaniy forumda dunyoning 70ga yaqin mamlakati vakillari, jumladan 60 nafarga yaqin madaniyat vazirlari bilan ushbu masalalar ustida fikrlashdik.

Har bir millat o‘z siyosiy faoliyatini boshqarish huquqiga ega bo‘lganidek, o‘zining madaniy taqdirini ham rivojlantirish huquqiga ega bo‘lishi lozim. Bildirgan fikr-mulohaza va  takliflarimiz hamkasblarimiz doirasida qo‘llab-quvvatlanganidan mamnunmiz.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash