O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Germaniyaning SBS Bühnentechnik GmbH kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

08 Nov, 2023 - 17:15
368
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Germaniyaning SBS Bühnentechnik GmbH kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligida San’atni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i B.Usmonov, Investitsiyalarni jalb qilish va davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i B.Shamuratov, Teatr, kino va sirk san’ati bo‘limi boshlig‘i Sh.Qodirov, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori R.Usmonovlardan iborat mutaxassislar hamda Germaniyaning SBS Bühnentechnik GmbH kompaniyasi direktori Christian Freimüller ishtirok etishdi.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida madaniy hamkorlikning rivojlantirish yo‘nalishlari, shuningdek, teatrlar, konsert zalari va boshqa madaniy obyektlar uchun zamonaviy sahna texnikasi va uskunalari bilan  ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, SBS Bühnentechnik GmbH kompaniyasi vakillari vazirlik xodimlariga O‘zbekistonning turli shaharlaridagi teatrlar, konsert zallari va boshqa madaniy obyektlar uchun sahna texnikasi va uskunalarini ta'minlash bo‘yicha takliflarini taqdim etdilar. Ular O‘zbekistonning madaniy sohasidagi mutaxassislarini o‘zlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlariga jalb etish hamda o‘qitish malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni taklif etdilar.

Madaniyat vazirligi vakillari SBS Bühnentechnik GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashini bildirdilar. Ular O‘zbekistonning madaniy obyektlarini zamonaviy sahna texnikasi va uskunalariga jihozlashini ta'kidladi, bu yo‘nalishda Germaniya bilan tajribalarini almashishga tayyorligini bildirdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash