Madaniyat vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
03 Nov, 2023 - 17:36
281
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Madaniyat vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abduraxmanov hamda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tashkiliy masala ko‘rilib, jamoaga madaniyat vazirining yangi tayinlangan o‘rinbosarlari tanishtirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq Baxodir Madjidovich Axmedov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U mazkur tayinlovga qadar madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-oktabrdagi qaroriga asosan Avazxon Baxadirovich Tadjixanov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Adliya vazirligi “Konvension markaz majmuasi direksiyasi” DUK direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq Yusufjon Kamoldinovich Usmonov madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Iqtisodiyot, davlat investitsiya dasturlari va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish sho‘basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Yig‘ilishda so‘z olganlar yangi tayinlangan vazir o‘rinbosarlariga mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat tiladi.