Bursada o‘zbek san’ati tarannum etiladi
21 Oct, 2023 - 16:49
327
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Turkiya Respublikasi xizmat safari davomida Bursa shahri hokimi Alinur Aktash bilan ham uchrashdi.
Muloqot chog‘ida o‘zaro mushtarak madaniyatlarimiz, turkiy ajdodlarimizning ilmiy, badiiy meroslarini yanada chuqurroq o‘rganish, tatbiq etish va yosh avlodga yetkazish borasida olib borilayotgan O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining natijalari e’tirof etildi.
Shuningdek, Bursa shahrida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ni o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.