Bursada o‘zbek san’ati tarannum etiladi

21 Oct, 2023 - 16:49
326
Bursada o‘zbek san’ati tarannum etiladi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Turkiya  Respublikasi xizmat safari davomida Bursa shahri hokimi Alinur Aktash bilan ham uchrashdi.

Muloqot chog‘ida o‘zaro mushtarak madaniyatlarimiz, turkiy ajdodlarimizning ilmiy, badiiy meroslarini yanada chuqurroq o‘rganish, tatbiq etish va yosh avlodga yetkazish borasida olib borilayotgan O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining natijalari e’tirof etildi.

Shuningdek, Bursa shahrida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ni o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.


 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash