Elchi bilan uchrashuvda
21 Oct, 2023 - 14:48
377
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida bo‘lib, O‘zbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Agzamxodjayev bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida har ikki Davlat rahbarlarining o‘zaro madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza almashildi. Kelgusi rejalar muhokama qilindi.