TURKSOY bilan kelgusi rejalar muhokama qilindi

20 Oct, 2023 - 10:59
295
TURKSOY bilan kelgusi rejalar muhokama qilindi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Turkiyaning Anqara shahrida davom etayotgan TURKSOY xalqaro tashkilotining 30 yilligi yubileyi doirasida Tashkilot bosh kotibi Sulton Raev bilan uchrashdi. 

Muloqot davomida 2024 -yilda TURKSOY faoliyati doirasida rejalashtirilayotgan madaniy tadbirlar, 40-TURKSOY doimiy Kengashining yig‘ilishida muhokama qilingan qaror va takliflar muhokama qilindi. Xususan, Turkiy davlatlar ijodkor yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidori, ijodini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, yoshlarning o‘zaro tajriba va bilimlarini almashishlari uchun forumlar, konsert va madaniy tadbirlar tashkil etish kabi takliflar yuzasidan fikr- mulohazalar almashildi.

Sulton Raev Tashkilot o‘z davrida turkiy dunyosining  siyosiy, madaniy va ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan ma'rifatparvar jadidlar ilmiy-badiiy merosini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbuslarni amaliyotga joriy etishda hamisha ko‘mak berishga tayyor ekanligini alohida ta'kidladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash