TURKSOY bilan kelgusi rejalar muhokama qilindi
20 Oct, 2023 - 10:59
294
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Turkiyaning Anqara shahrida davom etayotgan TURKSOY xalqaro tashkilotining 30 yilligi yubileyi doirasida Tashkilot bosh kotibi Sulton Raev bilan uchrashdi.
Muloqot davomida 2024 -yilda TURKSOY faoliyati doirasida rejalashtirilayotgan madaniy tadbirlar, 40-TURKSOY doimiy Kengashining yig‘ilishida muhokama qilingan qaror va takliflar muhokama qilindi. Xususan, Turkiy davlatlar ijodkor yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidori, ijodini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, yoshlarning o‘zaro tajriba va bilimlarini almashishlari uchun forumlar, konsert va madaniy tadbirlar tashkil etish kabi takliflar yuzasidan fikr- mulohazalar almashildi.
Sulton Raev Tashkilot o‘z davrida turkiy dunyosining siyosiy, madaniy va ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan ma'rifatparvar jadidlar ilmiy-badiiy merosini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbuslarni amaliyotga joriy etishda hamisha ko‘mak berishga tayyor ekanligini alohida ta'kidladi.