Ozarbayjondagi yana bir samarali muloqot

17 Oct, 2023 - 14:10
288
Ozarbayjondagi yana bir samarali muloqot

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

TURKSOY xalqaro tashkiloti 30 yillik yubileyi  doirasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori Anvar Tojiboev hamda Muslim Magomaev nomidagi Ozarbayjon davlat akademik filarmoniyasi direktori Murad Adugezalzade o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muhokama davomida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikda qo‘shma konsertlar, shuningdek, talabalar o‘rtasida bilim va malaka almashish uchun xizmat qiladigan madaniy tadbir va muloqotlar tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.  

Uchrashuv yakunida har ikki tomon muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘z takliflarini bildirishdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash