Madaniy hamkorlik masalalari yangi bosqichda

16 Oct, 2023 - 13:33
270
Madaniy hamkorlik masalalari yangi bosqichda

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Shushada bo‘lib o‘tgan 40-TURKSOY doimiy Kengashining yig‘ilishi doirasida Madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov va Qirg‘iziston  Respublikasi Madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Qayrat Imanaliyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokara davomida ikki tomonlama madaniy hamkorlikning  ayni paytdagi holati, joriy yilning noyabr oyida O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyat kunlarini o‘tkazish va tadbir doirasida qo‘shma gala konsert dasturini tashkil etish, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro kabi viloyatlarida Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik drama teatrining gastrol safarlarini uyushtirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida mavjud madaniy hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga doir takliflar bildirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash