Turkiy dunyo madaniyat vakillari jam bo'lgan maydon

13 Oct, 2023 - 12:29
344
Turkiy dunyo madaniyat vakillari jam bo'lgan maydon

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Ayni paytda O‘zbekiston Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Shusha shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turk dunyosining Madaniyat forumida ishtirok etmoqda.  

Forum doirasida Ozarbayjon xalqining milliy yetakchisi Haydar Aliyev tavalludining 100 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Turk tili va adabiyoti: farqlari va integratsiyasi” mavzusida  panel diskussiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Shuningdek, 2023-yil "Shusha  –  turkiy dunyo madaniyat poytaxti" deb e'lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekistonda Shusha haqida o‘zbek, ozarbayjon va turk tillarida chop etilgan “Shusha ensiklopediyasi” va pochta markalarining taqdimoti ham o‘tkazildi. 

Aytish kerakki, bu kabi forum va anjumanlar nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi madaniy hamkorlik aloqalarining istiqboli, fikr-mulohaza, taklif, g‘oya va  tajribalar almashish maydoni, balki ikki millat o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash