Muammo va kamchiliklar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

11 Oct, 2023 - 20:21
429
Muammo va kamchiliklar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Madaniyat vazirligida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, muammo va kamchiliklar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Uni vazir o‘rinbosari Murodjon Madjidov olib bordi. 

Vazirlik markaziy apparati tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, hududiy boshqarmalar vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda xalq ijodiyoti va nomoddiy madaniy meros masalalari ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, vazirlik tizimidagi tashkilotlarda raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda ijodkor yoshlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash