“O'zbekkonsert” davlat muassasasining 2023-yil 9 oylik faoliyati yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish bo‘lib o‘tdi.

09 Oct, 2023 - 18:07
390
“O'zbekkonsert” davlat muassasasining 2023-yil 9 oylik faoliyati yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish bo‘lib o‘tdi.

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov raisligida o‘tgan tanqidiy ruhdagi yig'ilishda muassasaning o‘tgan to‘qqiz oylik faoliyati tahlil qilindi. 

 B. Ahmedov yig'ilish avvalida “O'zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini bajarib kelgan D.Sheraliyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan shu vaqtgacha direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan S. Erdanovga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilganini ma'lum qildi.

Shundan so‘ng, kun tartibiga ko‘ra, muassasa tomonidan joriy yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, asosiy ko‘rsatkichlar, konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash, yosh iste'dodlarni kashf etish borasidagi loyihalar va hududiy bo‘limlarning hisobotlari ko‘rib chiqlidi. 

O‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlarining ayrimlari ogohlantirildi. Shuningdek, joriy yil yakunigacha ish faoliyatida ijobiy natijaga erishishlari zarurligi bildirilib, o‘zgarish bo‘lmasa, vazifasidan ozod etish chorasi qo'llanilishi ta'kidlandi. 

Yigilishda bir oy mobaynida yangi ijodiy loyihalar bo‘yicha aniq choralar belgilash, soha mutaxassislari bilan respublika bo‘ylab tashkil etilayotgan konsert-tomosha va ko‘ngilochar tadbirlar dasturlarini alohida etiborga olish, kamchliklarni vaqtida bartaraf etish uchun hududiy ommaviy tadbirlar Komissiyalari orqali ish olib borish, yosh iqtidorlarni kashf qilish jarayonini yanada kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash