Diqqat, tanlov!
04 Oct, 2023 - 14:42
770
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot Agentligi yurtimizda maqom san’atini yanada rivojlantirish va zamonaviy bastakorlik ijodiyoti an’analariga singdirish, maqom namunalari asosida zamonaviy kuy va ashulalar yaratish, maqom yo‘llarida ijod qilib kelayotgan bastakorlarni kashf etish va rag‘batlantirish, maqom ilmi va san’atini yanada ommalashtirish hamda keng targ‘ib qilish, musiqashunos olimlarni har tomonlama qo‘llab–quvvatlash maqsadida Bastakorlar o‘rtasida “Maqom yo‘llarida yaratilgan eng yaxshi asar”, Kompozitorlar o‘rtasida “Milliy maqomlar asosida yaratilgan zamonaviy yo‘nalishdagi eng yaxshi asar (kamer vokal va cholg‘u asarlar)”, Musiqashunoslar orasida “Maqom ilmi va ta’limiga oid eng yaxshi adabiyot (monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma)” Respublika tanlovlarini e’lon qiladi.
Tanlov joriy yilning 10-14 noyabr kunlari O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi binosida bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan kompozitor hamda bastakorlar 2023 yilning 9 noyabr sanasiga qadar O‘zbek milliy maqom san’ati markazi yoki O‘zbekston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasiga quyidagi xujjatlarni taqdim etishi lozim:
1. Yaratilgan asar: (matni va nota materiali) ikki nusxada;
2. Qaysi maqom asosida: lad, usul, mavzu, shakl kesimida;
3. Asarning ijro etilgan namunasi (magnit tasmasi yoki mini, CD diskka yozilgan holatda);
4. Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha ariza;
5. Pasport yoki ID karta nusxasi;
6. 10x15 o‘lchovidagi 3 ta rangli fotosurat;
7. Ma’lumotnoma (Ishtirokchining faol telefon raqami);
8. So‘rov varaqasi (ilova)
Musiqashunoslar esa huddi shu manzillarga quyidagilarni taqdim qilishlari talab etiladi:
1. Monografiya, o‘quv qo‘llanma (asar matni) ikki nusxada;
2. Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha ariza;
3. Pasport yoki ID nusxasi;
4. 10x15 o‘lchovidagi 3 ta rangli fotosurat;
5. Ma’lumotnomasi (Ishtirokchining faol telefon raqami);
6. So‘rov varaqasi (ilova).
Hujjatlarni taqdim etish hamda qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: 71 233-20- 28; 71 286-31-63. Telegram manzillar: 90 957-28-26; 93 402-74-99. www.maqom.uz