Namangan teatri Ozarbayjonda

04 Oct, 2023 - 14:33
519
Namangan teatri Ozarbayjonda

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Namangan viloyati musiqali drama teatri jamoasi gastrol safari bilan Ozarbayjon Respublikasida bo‘ldi.

Xususan, 2 – 3-oktabr kunlari Boku shahridagi Ozarbayjon davlat akademik musiqali teatrida O‘zbekiston xalq shoiri Ohunjon Hakim asari asosida rejissor Ma’rufjon Niyozov tomonidan sahnalashtirilgan “Bu chollar – ajib chollar” spektakli namoyish etildi. U tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.

Aytish joizki, ushbu gastrol safari teatr jamoasi uchun ijodkorlar mahoratini namoyish etish, o‘zaro tajriba almashish uchun qulay imkoniyat yaratdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash