Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi Moskvada
03 Oct, 2023 - 12:05
387
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Joriy yilning 1-oktabr kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan A.P. Chexov nomidagi xalqaro teatr festivalida ishtirok etish maqsadida Moskvaga yetib keldi. Festival tashkilotchilari jamoani aeroportda iliq kutib oldi. Ijodkorlarimiz 3-oktabr kuni Rejissyor N.G‘oyibnazarova tomonidan sahnalashtirilgan "Momo yer" (Ch.Aytmatov) spektaklini namoyish etadi.