Ta’zim sizga, ustozlar!

30 Sep, 2023 - 13:53
405
Ta’zim sizga, ustozlar!

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Mamlakatimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami keng nishonlanmoqda. Xususan, bugun Madaniyat vazirligida ayyom munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda vazirlik tizimidagi barcha ta’lim muassasalari vakillari qatnashdi. 

Tadbirda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, har bir inson hayotida, u qo‘lga kiritadigan yutuq va marralarda o‘qituvchi va murabbiylarning hissasi beqiyos ekanini alohida ta’kidladi.

So‘nggi yillarda Prezidentimiz boshchiliklarida ta’lim tizimiga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida mamlakatimizda ko‘plab yangi ta’lim muassasalari barpo etilgani, ta’lim-tarbiya va ilm-fan muassasalarining moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanayotgani, soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va rag‘batlantirishga alohida ahamiyat qaratilayotganini qayd etdi.

Bayram munosabati bilan 70 nafar ustoz va murabbiy “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ana shu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. 

Faoliyati e’tirof etilgan o‘qituvchi va murabbiylar bunday e’tibor uchun samimiy minnatdorlik bildirishdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash