“G’OZLAR” CHIN DO’STNI CHORLAR
29 Sep, 2023 - 17:26
401
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
2023-yilning 27-sentabr kuni O’zbek milliy qo’g’irchoq teatri aktyorlari tomonidan ijro etilgan, rejissyor Hotam Axunov tomonidan sahnalashtirilgan “G’ozlar” nomli spektakl O’zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan biriktirilgan badiiy kengash a’zolariga topshirildi.
Ushbu asar Selma Lageryof muallifligi va Munojot Ergasheva inssenirovkasi asosida yaratilgan. Unda kichik yoshdagi bolajonlarni sadoqatli do’st bo’lishga, ahil va inoq yashashga chorlaydigan voqealar aks etgan.
Taqdimotga tashrif buyurgan Madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Bahodir Ahmedov, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq artisti Yodgor Sa’diyev tomonidan sahna asari bir ovozdan ma’qullandi va jajji tomoshabinlarga ko’rsatish uchun ruxsat berildi.
30-sentabr va 1-oktabr kuni namoyish etiladigan spektakl prem’yerasiga barchani chorlab qolamiz.