Yana bir tanlov yakunlandi
29 Sep, 2023 - 09:40
434
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekistonning yangi taronalari!” iqtidorli yoshlar respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlik va idoralararo “Respublika ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish tartiblarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan tashkil etilgan mazkur ko‘rik-tanlovning hududiy saralash bosqichlarida 150 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Shundan, 25 nafari - professional yo‘nalish bo‘yicha 14 nafar, havaskor yo‘nalish bo‘yicha esa 11 nafar yosh ijrochilar respublika bosqichida kuch sinashdilar. Sohaning tajribali mutaxassislaridan iborat Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, tanlov yakunida 3 nafar yosh professional, 3 nafari havaskor yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ko‘rik tanlov g‘oliblari vazirlikning diplom va esdalik sovg‘alari, barcha ishtirokchilar faolligi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.