Turli millat va elatga mansub yoshlar bilan uchrashuv
27 Sep, 2023 - 16:51
451
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
26 sentabr kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida “O‘zbekiston” jurnali tahririyati xodimlarining turli millat va elatga mansub yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda turli millatga mansub yosh faollaridan qirg‘iz millati vakili A.Jabbarova va ozarbayjon millati vakili Zaxro Alisher Xan qizi tomonidan yoshlarni qiziqtirgan savollar hamda takliflar aytildi.
Shuningdek, yoshlar turli yangilik va ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirilib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Suhbat yakunida bu kabi tadbirlarni doimiy o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.