Festival doirasida muzokara
25 Sep, 2023 - 16:30
402
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Ayni paytda 24 – 30-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti (VGIK) ning “Kino ta'limi: MDHga a'zo davlatlarning qo‘shma ta'lim loyihalari” xalqaro kinofestivalida ishtirok etish maqsadida Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan o‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori v.b. E.U.Shermanov hamda Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti (VGIK) rektori, akademik V.S.Malishev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida kino ta'limi sohasini yanada rivojlantirish, hamkorlikda sohada raqobatbardosh kadrlar tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va o‘zaro tajriba almashish istiqbollari muhokama qilindi.
Ma'lumot o‘rnida, festival doirasida madaniyat va san'at sohasiga ixtisoslashgan rus oliy ta'lim muassasalari bilan ikki tomonlama shartnoma imzolash hamda O‘zDSMI talabalari tomonidan tayyorlangan 4 ta qisqa metrajli filmlar namoyish etilishi rejalashtirilgan.