Xalqaro opera tanlovi bo'lib o'tdi

25 Sep, 2023 - 12:24
407
Xalqaro opera tanlovi bo'lib o'tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

19 – 24-sentabr kunlari Toshkentda “Competizionе dell’Opera 2023” Italiya operasi vokalist - ijrochilari xalqaro tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Unda Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan iste’dodli vokalistlar ishtirok etdi. 

Final bosqichiga O‘zbekiston va Rossiyadan 4 nafardan,  Janubiy  Koreyadan 2 nafar, Qozog‘iston va Belarusdan 1 nafardan qatnashchi saralanib olindi.

Ma’lumot uchun har yili mazkur tanlovda dunyoning 25 dan ortiq mamlakatlaridan 600 dan ziyod yosh ijrochilar ishtirok etadi. Ulardan faqat 12 ta eng yaxshi ijrochilar final bosqichiga chiqishadi.

 

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash