Xalqaro opera tanlovi bo'lib o'tdi
25 Sep, 2023 - 12:24
406
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
19 – 24-sentabr kunlari Toshkentda “Competizionе dell’Opera 2023” Italiya operasi vokalist - ijrochilari xalqaro tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
Unda Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan iste’dodli vokalistlar ishtirok etdi.
Final bosqichiga O‘zbekiston va Rossiyadan 4 nafardan, Janubiy Koreyadan 2 nafar, Qozog‘iston va Belarusdan 1 nafardan qatnashchi saralanib olindi.
Ma’lumot uchun har yili mazkur tanlovda dunyoning 25 dan ortiq mamlakatlaridan 600 dan ziyod yosh ijrochilar ishtirok etadi. Ulardan faqat 12 ta eng yaxshi ijrochilar final bosqichiga chiqishadi.