Bu galgi muloqotimiz ham samarali kechdi
25 Sep, 2023 - 09:05
351
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Xabaringiz bor, kuni kecha yurtimiz yana bir tadbir – Xalqaro hunarmandchilik festivaliga mezbonlik qildi.
Jahon hunarmandlar federatsiyasi raisi Saad Al-Qaddumi bilan boʻlgan uchrashuvimiz davomida ayni festival taassurotlari, bugun mamlakatimizda hunarmandlar uchun yaratilayotgan sharoit va imtiyozlar qadim-qadimdan meros boʻlib kelayotgan hunarlarning umriboqiyligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar xususida fikr almashdik.
Janob Saad oʻzbek hunarmandchilik namunalarini dunyo miqyosida keng targʻib qilishi, har bir fors koʻrfazi davlatlarida Oʻzbekiston madaniyati kunlarini oʻtkazish, va yangi madaniy hamkorlik aloqalarini oʻrnatish kabi masalalarni muhokama qildik. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan takliflar almashdik.
Eʼtirof etish joizki, arab davlatlari oʻrtasida oʻzbek madaniyati va sanʼatini targʻib qilish, oʻzaro madaniyat kunlari va qoʻshma konsert dasturlarini oʻtkazish nafaqat ikki davlat, ikki millat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov