BMT vakillari bilan muzokarada...

25 Sep, 2023 - 09:02
364
BMT vakillari bilan muzokarada...

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

BMT tinchlik instituti rektorlari Fransisko Rojas Arasvena hamda YUNESKO tashkilotining Osiyo mintaqasi boʻyicha bosh kotibi Mun Heung Suk bilan uchrashdik. 

Sir emaski, BMTning jahon sivilizatsiyasi tarkibidagi nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash, dunyoda tinchlik oʻrnatish, barqaror rivojlanishni taʼminlash, taʼlim orqali madaniyatlararo muloqot tuzish, fan sohalarini rivojlantirish, xalqaro madaniy va maʼlumot almashinuviga yordamlashish  yoʻlidagi xizmatlari beqiyos.


Oʻzbekistonning YUNESKOga aʼzo boʻlganiga 29-oktyabr kuni 30 yil toʻladi. Oʻtgan davr mobaynida har sohada ushbu tashkilot hamkorligi doirasida qator xalqaro miqyosdagi loyihalar amalga oshirilgan. Xususan, madaniyat sohasida ham.
Joriy muzokara davomida YUNESKO vakillari hamkorlikda Oʻzbekistonda ham  BMT qoshidagi tinchlikni targʻib etuvchi universitet ochish taklifini bildirishdi.

Aytish kerakki,  mamlakatimizda qadriyatlarimiz, mentalitetimizga xos boʻlgan ana shunday taʼlim maskaniga ehtiyoj bor.  Ammo demokratik tamoyillar ustun boʻlgan axborot asrida turli yot gʻoya va tushunchalar, madaniyatlar kirib kelishini ham unutmaslik kerak. Shu nuqtai nazardan bildirilgan taklifni mutaxassislar ishtirokida oʻrganib chiqishimizni bildirdik.

Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash