Mashaqqatli mehnatlaringizni dunyoga namoyon etish fursati muborak, aziz hunarmandlar!
22 Sep, 2023 - 18:19
361
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Dunyoning turli nuqtalarida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar yig‘ilgan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga kelgan kishi borki, o‘zini butunlay boshqa bir olamga tushib qolgandek his qiladi. Inson aql-zakovati, ijodkorligi, sabr-qanoati, irodasi mahsuli bo‘lgan har bir asar kishiga ham hayrat, ham madaniy zavq beradi.
Hech shubhasiz, asrlar osha yashab kelayotgan qadriyatlar, urf-odat va an’analar, har bir xalq va millatning milliy o‘zligini o‘zida aks ettirgan hunarmandchilik namunalarining qo‘l mehnati bilan tabiiy xom ashyolardan foydalanib yaratilgani esa uning yana bir necha asrlar “yashab”, avlodlarga tarixdan hikoya qiladi. Ikkinchi marotaba ushbu festivalga mezbonlik qilishimiz esa mamlakatimizda hunarmandchilikka bo‘lgan e’tibor, inson mehnati, qadri ulug‘lanayotganining yorqin ifodasidir, desam yanglishmayman.
Ana shunday shodiyona, ikkinchi marotaba butun dunyo hunarmandlarini bir nuqtada jam qilgan ushbu festival, mehnatlari mahsulini jahonga namoyish etishdek imkoniyat bilan barcha hunarmandlarni tabriklayman!
Nafaqat o‘zaro tajriba, fikr-mulohaza, taklif va g‘oyalar almashish, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, balki mustahkam do‘stlik, qadrdonlik rishtalarinida bog‘lash, milliy hunarmandchilik targ‘ibotiga xizmat qiladigan festival barchamizga muborak bo‘lsin!