Xitoy delegatsiyasi O'zbekistonda

20 Sep, 2023 - 15:39
394
Xitoy delegatsiyasi O'zbekistonda

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Xitoy Etnik ishlar bo‘yicha milliy komissiyasi rahbari Pan Yue boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko'zlangan maqsad O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turli sohalar, jumladan, millatlararo munosabatlar, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar, ta’lim hamda boshqa tarmoqlarda hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov Xitoy delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashdi.

Unda mamlakatimiz rahbariyati tomonidan yurtimizda millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan siyosat xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, ikki mamlakat aloqalarini yanada rivojlantirish, xususan, ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash