Tayinlov amalga oshirildi

20 Sep, 2023 - 11:52
343
Tayinlov amalga oshirildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Tayinlov amalga oshirildi

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasida madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Madaniyat vazirining buyrug‘i bilan Sharipov Sherzod Soxibovich Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. 

U bunga qadar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Toshkent shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Sherzod Sharipovning ushbu mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash