“Eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari” tanlovi g'oliblari e'lon qilindi
22 Aug, 2023 - 19:12
742
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan jjoriy yilning 21-22-avgust kunlari Madaniyat vazirligi tomonidan “Eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari” tanlovi tashkil etildi.
"Tanlov eng yaxshi qo‘shiq" va "Eng yaxshi musiqa asari" yo‘nalishlarida 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar o‘rtasida bir bosqichda o‘tkazildi.
Tanlov yoshlarni ezgulikka, vatanparvarlikka hamd uni ulug‘lashga chorlaydigan, ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan yangi qo‘shiq va musiqa asarlari yaratilishini rag‘batlantirib borish maqsadida o‘tkazildi.
Shuningdek, tanlov Nizomiga muvofiq ishtirokchilar tomonidan taqdim etiladigan qo‘shiq va musiqa asarlar yangiligi, boshqa sahnalarda ijro etilmaganligi, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini targ‘ib etishi bilan ajralib turdi.
Mazkur tanlovda Respublikamizda ijod qilib kelayotgan 50 nafardan ziyod yosh ijodkorlar o‘zaro bellashdilar.
Tanlov yakunida sohaning nufuzli mutaxassislaridan tashkil topgan Hakamlar hay’ati tomonidan quydagicha g‘olib va sorindorlar aniqlandi.
“Eng yaxshi qo‘shiq” yo‘nalishi g‘oliblari:
1-o‘rin Gʻaybullayev Jasurbek Xasan oʻgʻli (Jizzax viloyati);
2-oʻrin Bazarbayev Baltabay Oʻralbay oʻgʻli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi);
3-oʻrin Oʻrazaliyev Bobur Rejab oʻgʻli (Toshkent shahri).
“Eng yaxshi musiqa asari” yo‘nalishi g‘oliblari:
1-o‘rin Safarov Akmal Umar oʻgʻli (Toshkent shahri);
2-oʻrin Xandamyan Viktor Sergeyevich (Toshkent shahri);
3-oʻrin Sobirov Sherzod Somixjonovich (Toshkent viloyati).
Shuningdek tanlovda faol ishtirok etgan ishtirokchilar Madaniyat vazirligi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.