“O‘zbekkonsert” da San'atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish Palatasi bilan navbatdagi yig'ilish o'tkazildi

09 Aug, 2023 - 19:07
862
“O‘zbekkonsert” da San'atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish Palatasi bilan navbatdagi yig'ilish o'tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Davra suhbatida “Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Ma'muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmonlari, “Madaniyat va san'at sohasini  yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori va Vazirlar Mahkamasining “Adabiyot va san'at asarlaridan foydalanganlikning ayrim turlari uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risida”gi 10-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi.

Davra suhbatida Palata boshqaruv raisi B.Toshev bilan mualliflik huquqini himoya qilish, uni tartib-tamoyillari, amalga oshirish mexanizmlari va kelgusidagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.

Shu o‘rinda, xonandalarga munosib ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yaratish, ularning mualliflik huquqlariga oid bilimlarini oshirish, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi Palata bilan birgalikda respublikada o‘tkaziladigan barcha konsert-tomosha tadbirlaridan  ijrochilik va mualliflik haqini huquq egalariga haq to‘lash yuzasidan konsert tashkilotchilari bilan tushuntirish ishlari olib borish, mualliflik haqini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda undirish, hududlarda bu borada targ‘ibot ishlarini o‘tkazib borish hamda mualliflik sohasida olib borayotgan amaliy ishlarga ko‘maklashish lozimligiga to‘xtalib o‘tildi.

Mualliflik huquqi sohasida xalqaro majburiyatlarini bajarilishida, mualliflar hamda ijrochilarga huquqlari buzilishi oldini olishda va san'at sohasida mualliflar va ijrochilar hamda boshqa huquq egalarining mualliflik va ijrochilik huquqlarini ta'minlash, sohada bozor qonuniyatlarini keng joriy etish va shartnomaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muntazam ravishda hamkorlik ishlarini tashkil etishga kelishib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash