O‘zMMSIning bir guruh o‘qituvchilari ilmiy unvonlar bilan taqdirlandi
27 Jul, 2023 - 02:58
1233
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi (Axborot xizmati)
Joriy yilning 26-iyul kuni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining milliy musiqa san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh ustozlari ilmiy unvonlar bilan taqdirlandi.
Unvonlar Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Yusupov ishtirokida topshirildi.
Professor ilmiy unvoni bilan taqdirlaganlar:
Ozodbek Nazarbekov, Hoshimjon Ismoilov, Mavluda Xalilova, Zamira Suyunova, Erkinboy Ro‘zmatov, Furqat Ashuraliyev
Dotsent ilmiy unvoni bilan taqdirlaganlar:
Ataxan Matyoqubov, Abdurahmon Xoltojiyev, Mohichehra Shamurotova.
Ma'lumot uchun, "Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori imzolangan edi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan professor-o‘qituvchilarning ijodiy faoliyati natijalari quyidagilarga tenglashtirilgan edi:
“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvonlari ― professor ilmiy unvoniga;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari ― dotsent ilmiy unvoniga.