“O'zbekkonsert”da o'tgan 6 oylik faoliyat yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi

21 Jul, 2023 - 22:25
686
“O'zbekkonsert”da o'tgan 6 oylik faoliyat yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Yig'ilishni muassasa rahbari Davron Sheraliyev ochib, so'nggi yillarda barcha sohalarda katta islohotlar va yangilanishlar amalga oshirilayotgani, bu esa har bir tashkilot oldiga yangicha talablar qo'yayotganini alohida ta'kidlab, zamon bilan hamnafas tarzda, belgilangan vazifalarni mas'uliyat bilan samarali bajarish, tashkilotni iqtisodiy, tashkiliy va ijodiy tomondan yanada rivojlantirish lozimligiga e'tibor qaratdi.

Shundan so'ng, Muassasa tomonidan joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar, asosiy ko'rsatkichlar, hududiy bo'limlarning faoliyati, respublika miqyosida o'tkaziladigan bayram tantanalariga tayyorgarlik ko'rish, yosh iste'dodlarni kashf etish borasida amalga oshirilgan ishlar, konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash kabi masalalar sarhisob qilindi.

Kun tartibiga ko'ra, barcha bo'limlarning hisoboti eshitilib, faoliyatida kamchiliklarga yo'l qo'ygan hududiy bo'lim rahbarlari ogohlantirildi va ish faoliyatida ijobiy natijaga erishishlari zarurligi ta'kidlandi.

Yig'ilish yakunida san'at va madaniyatimizni targ'ib qilishga qo'shgan hissasi, yurtimizda o'tkazilayotgan madaniy tadbirlardagi faolligi va sohani rivojlantirish borasidagi tashabbuskorligi uchun Muassasaning bir guruh xodimlari hamda xonandalar taqdirlanishdi. Bundan tashqari, eng faol hududiy bo'limlarga kompyuter jamlanmalari ham topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash