Tojikistonda O‘zbekiston targ‘iboti yo‘lida maxsus mediakontentlar nashr qilinmoqda

18 Jul, 2023 - 13:37
866
Tojikistonda O‘zbekiston targ‘iboti yo‘lida maxsus mediakontentlar nashr qilinmoqda

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Mamlakatimizning turistik salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus material Tojikistonning “Asia plus” media guruhi saytida nashr etildi.

Maqola “Salom, Uzbekistan!” sarlavhasi ostida e’lon qilingach, shu material asosida “Ajoyib O‘zbekiston. Qiziqarli sayohatni boshdan kechiring”, “O‘zbekiston fotosuratlarda: sayyohlik markaziga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega mamlakat” nomli materiallar Tojikistonning bir nechta ommaviy axborot vositalarida ham nashr qilindi.

Tojikistonning tashqi reklama bannerlariga egalik qiluvchi “Somon Reklama” MChJ bilan hamkorlikda 2023-yilning 1-iyulidan boshlab joriy yilning oxiriga qadar, Dushanbe shahrining markaziy maydonlari, ko‘chalari va aholi gavjum bo‘lgan 5 ta nuqtasida joylashgan LED ekranlarida respublikamizning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyishi yo‘lga qo‘yildi.

Bu loyiha respublikamizning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasini Tojikistondagi Elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun, Elchixona hamda Media guruh bilan hamkorlikda 2023-yilning 31-dekabrigacha 6 oy muddatga shartnoma imzolangan bo‘lib, internet nashrlari yil oxiriga qadar O‘zbekistonning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan yangilik va ma’lumotlar bilan boyitib boriladi.

Bundan tashqari mazkur ma’lumotlar Media guruhning ko‘p sonli obunachilariga ega ijtimoiy tarmoqlariga ham joylashtiriladi.

Tojikiston OAVlarida eʼlon qilingan mediamateriallar bilan tanishishingiz mumkin:

“Salom, Uzbekistan!” - MAXSUS LOYIHA

“Salom, Uzbekistan!” – yangi lohiya «Azia-Plyus»

Muhtasham O‘zbekiston. O‘zingizni qiziqarli sayohatga cho‘mdiring

“O‘zbekiston fotosuratlarda: sayyohlik markaziga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega mamlakat” 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash