Jarqo‘rg‘on tumanida yangi madaniyat markazi ochildi

18 Jul, 2023 - 11:16
462
Jarqo‘rg‘on tumanida yangi madaniyat markazi ochildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “A.Akbar” MCHJ o‘rtasida 2019-yilda 25 yil muddatga tuzilgan davlat-xususiy sheriklik bitimiga asosan Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, “A.Navoiy” mahallasi hududida madaniyat markazi tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.

Umumiy qiymati 3,7 mlrd so‘m bo‘lgan loyiha doirasida madaniyat markazi, to‘yxona, 4 ta madaniyat to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda mazkur madaniyat markazida 22 nafar ishchi-xodimlar bandligi ta’minlangan.

Marosimda qatnashganlar markazda yaratilgan sharoitlar, undagi raqs, ashulachilik, rassomchilik kabi to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

Mas’ullarga mavjud muammolarni batafsil o‘rganib chiqish va hal etish topshirig‘i berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash