Saudiya Arabistonining yetakchi onlayn nashrida Imom Buxoriy hayot yo‘li va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi

17 Jul, 2023 - 20:21
436
Saudiya Arabistonining yetakchi onlayn nashrida Imom Buxoriy hayot yo‘li va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Saudiya Arabistonining yetakchi «Swift News» onlayn nashrida «Saudiyalik muxbirlar Samarqanddagi yangi Imom Buxoriy masjidini ziyorat qildi» sarlavhali maqola  joylashtirildi, deb  xabar  bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrning ijodiy  jamoasi O‘zbekistonga  safari davomida Samarqandda  bo‘lib, tarixiy qadamjolar, xususan yangi bunyod etilayotgan Imom al-Buxoriy majmuasi va masjidi  haqida  o‘quvchilar uchun turkum materillarni  eʼlon qilmoqda,- deyiladi  nashrda. –Imom Buxoriy dafn etilgan maqbara yonidagi masjid qurilishini yakunlash uchun o‘zbek quruvchilari kechayu kunduz mehnat qilayaptilar.  Taʼkidlash kerakki, Imom Buxoriy islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimlardan  biri hisoblanadi. Ushbu  buyuk  zot nomiga qurilayotgan masjid ellik ming kishini sig‘dira oladi va majmua kelgusi yilda foydalanishga topshiriladi».

Maqolada Imom Buxoriyning  hayoti va  faoliyati  haqida  batafsil maʼlumotlar o‘quvchilar eʼtiboriga  havola  qilingan. Buxoriy hazratlari hijriy 194 yil shavvol oyining 13-kunida Buxoro shahrida tug‘ilgan. «Al-Buxoriy yoshligidan Qurʼoni karimni yod oladi va ko‘plab hadislarni o‘rganadi. O‘n olti yoshida onasi va ukasi bilan hajga boradi. Ular bilan qaytishdan bosh tortib, hadis ilmini o‘rganish uchun Makkada qoladi. Keyinchalik Makkadan Madinaga ko‘chib o‘tadi», qayd etadi onlayn nashr.

Nashrda olim uzoq yillik safardan keyin ona  vataniga  qaytishga  jazm etgani va Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘idan  qo‘nim topgani taʼkidlangan. Hijriy 256 yil Shavvol oyining birinchi kunida  hadis ilmining  buyuk namoyondasi olamdan o‘tdi. Al- Buxoriy ushbu  qishloqda dafn etilgan, - deyiladi  manbada.

Maqola xulosasida, «Imom Buxoriy bir qancha mashhur asarlar yozgan va ushbu kitoblar hozirgi kunga  qadar qayta-qayta  nashr qilib kelinmoqda. Uning eng mashhur asari «Sahihi al-Buxoriy» hadis ilmini  o‘rganish  bo‘yicha  muhim manba  hisoblanadi. Unda olti yuz mingga yaqin sahih hadislar keltirilgan», - deb yozadi  «Swift News».

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash