O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov nufuzli tanlovda hakamlik qilmoqda
16 Jul, 2023 - 20:27
516
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Yelena Obraztsova fondi tomonidan o'tkazilayotgan yosh opera ijrochilarining XIV xalqaro tanlovi ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Bunday xalqaro miqyosdagi tadbirning nufuzli hakamlar hay’ati a’zosi sifatida O‘zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri direktori Ramiz Usmonov taklif etilgan.
Tanlovda ishtirok etish uchun Rossiya, Belarus, O'zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Armaniston, Ukraina va Mo‘g‘ulistondan yosh opera ijrochilari saralab olindi.
Ular rus va xorijiy mualliflarning ikkita kamerali vokal kompozitsiyasini hamda italiyalik bastakorlar repertuaridan opera ariyasini pianino jo‘rligida ijro etadilar.
Final bosqichida ishtirokchilar Sankt-Peterburg akademik kapellasi simfonik orkestri joʻrligida ikkita opera ariyasi talqinini taqdim etadilar. Tanlov ko'rigi aynan shu kuni g'oliblarni taqdirlash marosimi va laureatlarning gala-konserti bilan yakunlanadi.