Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Gruziyada mukofotlandi

16 Jul, 2023 - 12:09
503
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Gruziyada mukofotlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Avval xabar berganimizdek, Gruziyaning Ozurgetti shahrida N. Dumbadze nomidagi IV xalqaro teatrlar festivalida bo'lib o'tdi. Unda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi N. Dumbadzening "Hellados" spektakli bilan ishtirok etdi.

Festival yakuniga ko‘ra, "Hellados" spektakli "Eng yaxshi sahna dekoratsiyasi uchun" g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Ushbu mukofot spektaklni sahnalashtiruvchi rassomi Nurbek Hamidovga spektakldagi o‘ziga xos uslubdagi ijodiy ishi uchun berildi. Teatr ijodiy jamoasini ushbu mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash