Turk dunyosi fotograflari Buxoroning diqqatga sazovor maskanlarida boʻldi

14 Jul, 2023 - 19:43
461
Turk dunyosi fotograflari Buxoroning diqqatga sazovor maskanlarida boʻldi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) ga a’zo davlatlarda O’zbekistonnig boy madaniyati va turizm imkoniyatlarini keng targ’ib etish maqsadida, 14 ta xorijiy davlatdan 21 nafar mahoratli fotograflar ishtirokida mamlakatimizda “Turk dunyosi fotograflari uchrashuvi” loyihasi tashkil etildi. 

Loyihaga ko’ra, xorij fotograflari uchun O’zbekistonning turistik salohiyati yuqori bo’lgan viloyatlariga info-turlar tashkil qilindi. Jumladan, joriy yilning 11-14 iyul kunlari xorijiy fotograflaridan iborat delegatsiya a’zolari Buxoroda bo’ldi. Delegatsiya a’zolarini tantanali ravishda Buxoro viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasi mas’ullari kutib oldi. 

Delegatsiya a’zolari uchun Buxorodagi diqqatga sazovor joylarga sayohat, usta Davron Toshev ustaxonasida mahorat darslari, Romitan tumanidagi safari turizmiga oid turistik markazga info-tur va tasvirga olish ishlari hamda Buxoro shahar madaniyat va turizm bo’limi tomonidan tashkil qilingan milliy konsert dasturi tashkil qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash