Malaka oshirish kurslari tashkil qilindi
14 Jul, 2023 - 17:31
534
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining Taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi boshchiligidagi ishchi guruh Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida boʻldi.
Malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan bolalar musiqa va sanʼat maktablari rahbarlari, hududiy boshqarmalarning taʼlim yoʻnalishiga masʼul mutaxassislari bilan uchrashib, soha rivoji uchun amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari kun tartibiga qoʻyildi.
Suhbat jarayonida tinglovchilarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Shuningdek, kelgusidagi rejalar boʻyicha kelishib olindi.
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda.