“Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali: hamkorlik va birlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi tadbirlar davom etmoqda
14 Jul, 2023 - 10:58
457
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Qo‘qonda o‘tkazilayotgan “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali doirasida bugun kunning birinchi yarmida “Kokand University” binosida barcha yoshlar ishtirokida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Xalqaro turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY)ga a’zo mamlakatlardan tashrif buyurgan yoshlar o‘zaro aralashib, do‘stlik jamoalarini tuzgan holda basketbol, voleybol, futbol va badminton bo‘yicha kuch sinashishdi.
Kunning ikkinchi yarmida turkiy dunyo yoshlari xalqaro konferensiyada qatnashib, hamkorlik va birlikni yanada mustahkamlash yo‘lida amalga oshirish mumkin bo‘lgan g‘oyalar ustida fikr almashishdi.
Shundan so‘ng Xalqaro turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY)ga a’zo mamlakatlar Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlaridan kelgan turkompaniyalar vakillari bilan o‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘rtasida B2B formatida uchrashuvlar tashkil etildi.