Vazirlik tarkibidagi ta'lim muassasalarining 2023/2024-yilgi qabuli, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi
13 Jul, 2023 - 19:51
712
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Joriy yilning 13-iyul kuni Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov raisligida tizimdagi ta’lim muassasalari rahbarlari va hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vakili tomonidan ta’lim muassasalari faoliyatida qonun buzulishi holatlari, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilish kun tartibi bo‘yicha vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari, kollejlar, texnikum hamda bolalar musiqa va san’at maktablarida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada hamda shaffof tashkil etish hamda vazirlik tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida yangi 2023/2024-o‘quv yilini boshlashga tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari rahbarlarining kun tartibi yuzasidan hisobot va axborotlari eshitildi.
Yig‘ilish so‘ngida vazir o‘rinbosari tomonidan ta’lim muassasalari rahbarlariga qabul jarayonlarini shaffor tarzda tashkil qilish, yangi o‘quv yiliga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish hamda ta’lim sifatini yanada ko‘tarish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.