“Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivali yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi
13 Jul, 2023 - 14:37
566
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivalini Andijon viloyatining Xonobod shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ayni kunlarda viloyatning Xonobod shahrida mazkur tadbirga munosib tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish yuzasidan keng ko‘lamdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Festival ishtirokchilarining xavsizligini ta’minlash, ularning ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish, yotoqxona, ovqatlanishlari uchun sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalar shular jumlasidandir.
Asosiy tadbir bo‘lib o‘tadigan joyda esa dekoratsiyalarni qurish, xavfsizlikni ta’minlash hamda festival o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.
Ushbu festivalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan 400 nafar ishtirokchilar o‘zlari uchun ajratilgan hududlarda milliy urf-odatlarni, milliy musiqa san’atini namoyish etadi.
Bundan tashqari mazkur festivalda Chexiya, Bolgariya, Latviya, Polsha, Serbiya, Gruziya, Boshqirdiston, Qozog‘iston, Gretsiya, Tojikiston va boshqa bir nechta davlatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu davlatlardan 30 dan ortiq ishtirokchilar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishadi.
Festival doirasida 14-iyul kuni Xonobod shahrining yoshlar markazida estrada yo‘nalishida qatnashish istagini bildirgan fuqarolar uchun tanlov bo‘lib o‘tadi.
Tanlovdan saralab olingan ishtirokchilar festivalning asosiy qismlarida ishtirok etishadi.
Shuningdek, har bir viloyatdan kelgan badiiy jamoalar Xonobod shahrining madaniya va istirohat bog‘ida o‘zlari uchun ajratilgan maydonlarda 3 kun davomida chet ellik mehmonlar va yurtimiz fuqarolari uchun konsert dasturlarini namoyish etishadi.
Festivalning ochilish marosimi joriy yilning 18-iyul kuni Xonobod shahrining madaniya va istirohat bog‘ida bunyod etilgan asosiy sahna qismida bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimida yurtimizning xalq suygan san’atkorlari tomonidan konsert dasturlari va chiqishlar namoyish etiladi.
20-iyul kuni esa festivalning yakuniy yopilish qismi va galakonsert bo‘lib o‘tadi.